«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari Jahongir Obidjonovning ta`kidlashicha, birinchi maqsad — qarzdorlikni qisqartirish. Ikkinchidan, bu iste`molchi bilan ta`minotchi o`rtasidagi hisob-kitoblarning shaffofligini ta`minlaydi. Shuningdek, mazkur tizim iste`molchilarni to`lov intizomiga o`rgatadi.
" - Bu tizim joriy qilingandan keyin biz qaysi tarmoqda, qaysi nuqtada, qaysi uchastkada katta yuklama mavjud, qaerda elektr energiyasi eng ko`p yo`qotilyapti — aniqlash imkoni paydo bo`ldi.
O`z nomi bilan aytaylik: o`g`rilik qaerda bo`lyapti — shuni ko`rishimiz va oldini olishimiz mumkin", dedi Jahongir Obidjonov.






