AsosiyJamiyat

2020 yilda qancha aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta`minlanganligi ma`lum qilindi

'2020 yilda qancha aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta`minlanganligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Ayni daqiqalarda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “O`zsuvta`minot” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va mutasaddi xodimlari ishtirokida “Aholining ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari hamda kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalar” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilda aholining ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida hududlardagi 1,2 mln nafardan ziyod aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta`minlandi.

️2020 yil yakuni bo`yicha respublika aholisining ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik darajasi 70,8 foizdan 73,0 foizga etkazildi.

    Boshqa yangiliklar