AsosiyJamiyat

Qiyin ahvolda qolgan 6 nafar fuqaro Ufadan olib kelindi

'Qiyin ahvolda qolgan 6 nafar fuqaro Ufadan olib kelindi'ning rasmi

Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Agentlik Xalqaro migrasiya tashkiloti bilan hamkorlikda Rossiya Federasiyasi va Qozog`iston Respublikasining turli hududlarida murakkab moliyaviy-ijtimoiy holatga tushib qolgan ko`plab fuqarolarimiz charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinmoqda.

Ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 6 nafari 28 dekabr kuni Ufa – Toshkent charter reysi orqali yurtimizga olib kelindi.

E`tiborli jihati shuki, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, Xalqaro migrasiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi ko`magida olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz asosan kasalmand, homilador va boquvchisini yo`qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.

    Boshqa yangiliklar