1

Turkiyada o`zbek ayollari fohishalik qilishga majbur qilindi(video)

Jinoyat 28.12.2020, 18:34
Turkiyada o`zbek ayollari fohishalik qilishga majbur qilindi(video)

Konya viloyati polisiyasi tezkor guruhi xodimlari 2,5 oylik kuzatuvlar asosida xorijlik ayollardan intim xizmatlar ko`rsatish yo`lida foydalangan 5 nafar shaxsni qo`lga oldi. Bu haqda Hürriyet xabar berdi. 

Jinoyatchi guruh joylashgan erdan 2 to`pponcha va narkotik moddalar ham topilgan.

Tezkor tadbir davomida 4 nafar Turkiya fuqarosi va 24 yoshli O`zbekiston fuqarosi Shahnoza qo`lga olingan. Fohishalik qilishga majburlangan ayollarning bir nafari turk va 11 nafari o`zbek.

Polisiyada ko`rsatma bergan ayollar guruh a`zolari ularni o`ldirish bilan qo`rqitishganini aytgan.

Jinoiy guruh a`zosi Shahnoza I. o`zbekistonlik ayollarga ish topib berishni va`da qilib, ularni o`ziga qarzdor qilib, pasportlarini olib qo`yagan va fohishalik qilishga majburlagan.

Ayni paytda o`zbek ayollarini vatanga qaytarish uchun Konyadagi Migrasiya bo`limida zaruriy ishlar olib borilmoqda.

5 kishilik jinoiy guruhga nisbatan qator jinoiy ish ochildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1