2021 yil 1 yanvardan boshlab "ATTO" operatori tomonidan talaba, o`quvchi va nafaqaxo`rlarga imtiyozli transport kartalari taqdim etiladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat"AJning Axborot xizmati ma`lum qildi.
Fuqarolar transport kartalarini Toshkent shahridagi 70 ta oylik yo`l chiptalari sotish shahobchalaridan, kerakli hujjatlarni taqdim etgan holda, tanlagan tarifi uchun to`lov qilib, imtiyozli transport kartalarni bepul qabul qilishi mumkin.
Ma`lumot uchun, yanvar oyidan sotuvga chiqariladigan elektron oylik yo`l chiptalari, yo`lovchilarga noqulaylik tug`dirmaslik maqsadida, 2021 yil yanvar oyi uchun avtomatik tarzda 30 kunlik tariflar bilan taqdim etiladi.






