Qo`qonda gaz va elektr ta`minotidagi uzilishlar norozi ayollar shahar hokimligi oldidagi yo`lni to`sdi. Holat tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ma`lum bo`lishicha, hokimiyat atrofida yashovchi ayollar Qo`qon shahar hokimligi binosi oldidagi katta yo`lni to`sgan. Ular mas`ullarga uylarida elektr toki va gaz yo`qligini, sovuqda bu holatga chidab bo`lmasligini bildirish maqsadida bu ishni amalga oshirgan.
Fuqarolardan biri bu muammolar yuzasidan bir necha bor mutasaddilarga murojaat qilishganini, lekin buning foydasi bo`lmaganini aytib o`tgan. Ayollarning bu namoyishi mashinalarning harakatdan to`xtashiga, tirbandlik yuzaga kelishiga sabab bo`lgan.
Sal avval Surxondaryoda elektr ta`minotidagi uzulishlaridan norozi aholi ko`chada balon yoqib norozilik uyushtirgani xabar qilingan edi.
Shuningdek, avvalroq, Buxoro va Andijon vilotyalarida gaz ta`minotidan norozi aholi tomonidan namoyishi uyushtirilib, aholi katta yo`lni to`sib qo`ygandi.






