AsosiyJamiyat

O`zMU olimasi AQSh mikrobiologiya jamiyatining O`zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

'O`zMU olimasi AQSh mikrobiologiya jamiyatining O`zbekistondagi elchisi etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Milliy universiteti qoshidagi O`zbekiston-Xitoy qo`shma laboratoriyasi rahbari Dilfuza Egamberdieva AQSh mikrobiologiya jamiyatining (ASM) O`zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Dunyodagi eng qadimgi va eng yirik yagona tabiiy fanlar jamiyati bo`lgan AQSh mikrobiologiya jamiyati (ASM)ning faoliyati mikrobiologiya fanini targ`ib qilish va rivojlantirishga qaratilgan.  

Dilfuza Egamberdieva Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zMUning Biologiya fakultetini tamomlab, 2000 yilda Berlinning Gumboldt universiteti, Qishloq xo`jaligi va bog`dorchilik fakultetida fan doktori ilmiy darajasini olgan. Fan doktorlikdan keyingi tadqiqotlarini Helsinki, Manchester, Leyden, Florensiya universitetlari hamda Germaniyaning Qishloq xo`jaligi markazida davom ettirgan.  

O`zbek olimasining tadqiqotlari o`simlik va tuproq mikrobiomini o`rganishga yo`naltirilgan bo`lib, ayni paytda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlari olimlari bilan hamkorlik qilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar