Butunjahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Gebreyesus 2020 yilda insoniyat duch kelgan koronavirus pandemiyasi insoniyat uchun so`nggisi emasligini ma`lum qildi. Bu haqda Gebreyesus 27 dekabr Xalqaro epidemiyaga qarshi kurash kuniga bag`ishlangan videomurojaatida aytib o`tgan:
«Hozirgi pandemiya oxirgisi bo`lmaydi. Epidemiya - bu fakt. Ammo pandemiya davrida sog`liqni saqlashga hukumatlarning, butun insoniyatning ko`magi, sog`liqni saqlash masalalariga qaratilgan alohida e`tibor kelajak avlodimizga xavfsizroq va talofatsizroq hayot meros qoldirishimizga hissa qo`shdi”.
Gebreyesus kelajakda pandemiyadan jamiyat va iqtisodiyotga salbiy ta`sirini minimallashtirish bo`yicha maslahatlar berdi.
«Barcha mamlakatlar har qanday favqulodda vaziyatlarni kuzatib borishi va ularning oqibatlarini yumshatish dasturlariga mablag` kiritishi kerak. Birlamchi tibbiy yordam ayniqsa muhimdir », - deydi JSST Bosh direktori.
Uning fikriga ko`ra, sog`liqni saqlash tizimlariga urg`u berish hukumat va jamiyat ishini muvofiqlashtirish demakdir.
“Pandemiya sayyoramizdagi odamlar va hayvonlar sog`lig`i o`rtasida bog`liqlik borligini yana bir bor isbotladi. Agar odamlar yovvoyi tabiat va iqlimga bo`layotgan tahdidlarni bartaraf etmasa, har qanday harakatlarimiz muvaffaqiyatsizlikka uchraydi ", - deya qo`shimcha qildi u.






