Farg`ona shahar Saylgoh ko`chasidagi ushbu piyodalar o`tish joyidan bir kunda minglab fuqarolar yo`lni kesib o`tadi. Ko`chada esa avtomobillar harakati serqatnov. O`tish yo`lagi avtomobillar va piyodalar harakatini zamonaviy qurilmalar, belgilar va yo`l chiziqlari bilan tartibga soladi. Elektron tablolar haydovchilarni hushyorligini oshiradi. Tunda ham kunduzgiday yorug` ushbu yo`ldan piyodalar xavfsiz kesib o`tishlari mumkin.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, majmuaga o`rnatilgan fotovideofiksasiya qurilmasi esa, xafsizlik kamari taqmagan, harakat paytida aloqa vositalaridan foydalangan, 1.1 sidirg`a chizig`ini bosgan hamda piyodaga yo`l bermagan haydovchilarning qoidabuzarliklarni aniqlaydi.
Bu kabi yangiliklarning barchasi fuqarolar xavfsizligini ta`minlash qaratilgan bo`lib, kelajakda bu kabi loyihalardan tartibga solinmagan serqatnov yo`llarga keng foydalanish nazarda tutilgan.






