O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.
Davlat rahbari o`z Murojaatnomasida o`qituvchilar oylik maoshiga ham to`xtalib o`tdi. “Boshqa tumandagi olis maktablarga borib ishlagan o`qituvchiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa 100 foiz ustama haq to`lanadi. Xususiy maktablar uchun subsidiya ajratiladi. 10 ta prezident maktabi, fanlarga ixtisoslashgan 197 ta maktab faoliyatini boshlaydi”, deydi Prezident.






