O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomasida O`zbekistonda tadbirkorlar faoliyatining huquqiy tashkil etishida ko`mak berish va ortiqcha hujjatbozliklarni kamaytirish maqsadida 2021 yilning sentyabr oyiga qadar Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqilishi, aytib o`tildi. aytib o`tdi.
Qayd etilishicha, tadbirkorliklik faoliyati bilan bog`liq 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko`rib chiqiladi. Ularning soni, qisqartiriladi hamda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqiladi.
“Tadbirkorlik to`g`risida juda ko`p gapiramiz. Har bir korxona va tarmoq o`ziga xos va o`ziga mos qonunosti hujjatlarini ishlab chiqqan. Bo`ldi, u zamon tugadi endi. Tadbirkorlik kodeksi bitta va yaxlit bo`ladi. Hamma narsa shu hujjatga kiritiladi. Tadbirkorlar uchun hamma qonuniy ma`lumot o`sha kodeksda mujassam bo`ladi”, deydi Prezident.






