Bu haqda Prezidentning Parlamentga Murojaatnomasida ma`lum qilindi:
"Oxirgi ikki yilda hokimlarning 2,5 mingga yaqin qarori sudlar tomonidan bekor qilingani, bundan buyon ularning qaror qabul qilishida ochiqlikni ta`minlash zarurligini taqozo etmoqda.
Shuning uchun, mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hisobga qo`yish va e`lon qilish bo`yicha elektron axborot tizimi joriy etiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bir oy muddatda ochiq e`lon qilinishi lozim bo`lgan ma`lumotlar ro`yxatini kengaytirish bo`yicha taklif kiritsin", dedi davlat rahbari.






