2021 yilda jahon hamjamiyati yangi koronavirus turlarini o`rganishga katta e`tibor berishlari kerak. Bu haqda Jenevada bo`lib o`tgan brifingda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus aytib o`tdi, deb yozdi rbc.ru.
"Kelgusi yilda qiyinchiliklar va yangi muammolar bo`ladi, masalan, COVID-19ning yangi variantlari...JSST koronavirusning qanday o`zgarishini, shuningdek, ushbu mutasiyalar uning tarqalishi va odamlarda kasallik keltirib chiqarish qobiliyatiga qanday ta`sir qilishini yaxshiroq tushunish uchun dunyo olimlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda", dedi u.






