AsosiyJamiyat

Investisiya dasturi doirasida 34 mingdan ziyod ish o`rni yaratiladi

'Investisiya dasturi doirasida 34 mingdan ziyod ish o`rni yaratiladi'ning rasmi

Prezident qarori (PQ–4937-son, 28.12.2020 y.) bilan O`zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo`ljallangan Investisiya dasturi tasdiqlandi.  Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi. 

Dastur quyidagilarni o`z ichiga oladi:

➖ 928,7 trln miqdordagi markazlashgan va markazlashmagan investisiyalar, jumladan 37,5 mln mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investisiyalar o`zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2021-2023 yillarda kapital qo`yilmalarni o`zlashtirishning yig`ma prognoz parametrlari, shuningdek investisiyalar va kreditlarni o`zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;

➖ 226 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 34 mingdan ziyod ish o`rni yaratilishini nazarda tutuvchi 2021 yilda yirik ishlab chiqarish ob`ektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo`yicha manzilli dastur.  

 Qaror bilan Investisiya va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Investisiyadan keyingi monitoring boshqarmasi tashkil etildi.  

Boshqarma faoliyati asosan investisiya dasturlari doirasida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob`ektlaridan foydalanish darajasini tahlil qilishga, investisiya loyihalari bo`yicha texnik va iqtisodiy ko`rsatkichlarga erishish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga ko`maklashishga qaratiladi.

    Boshqa yangiliklar