26 yoshli Turkiyalik mashhur oshpaz Czn Burak 28 dekabr kuni Instagram story’sida O`zbekistondan yuborilgan sovg`alar uchun Otabek Umarovga minnatdorlik bildirgan.
Istanbullik 26 yoshli Burak Ozdemir ulkan taomlari bilan dunyoga mashxur. Eng qizig`i oshpaz taom tayyorlash vaqtida ko`zlarini kameradan uzmaydi va faqat jilmayib turadi.
Videodan ma`lum bo`lishicha, Otabek Umarov Burakga mamlakat gerbi aks etgan, «Uzbekistan» yozuvli 2 ta qutida sovg`a yuborgan. Birinchi qutida atlas mato ostiga mevalar joylangan, ikkinchi qutida esa turli xil quruq mevalar, pista, bodom kabilar joylangan.






