AsosiyDunyo

Italiyada koronavirusning Britaniyada tarqalgan yangi turiga o`xshash mutasiyasi aniqlandi

'Italiyada koronavirusning Britaniyada tarqalgan yangi turiga o`xshash mutasiyasi aniqlandi'ning rasmi

Olimlar Italiyada koronavirusning Buyuk Britaniyada tarqalayotgan turiga juda o`xshash mutasiyasini aniqladi. Bu haqda Italiyaning markaziy nashrlaridan biri bo`lgan La Repubblica gazetasi ma`lumot berdi.

"Mamlakatda ingliz "naviga o`xshash" COVID-19 turkumi tarqalmoqda", - deydi Italiya Virusologlar Uyushmasi rahbari Arnaldo Karuzo gazetaga bergan intervyusida.

Mutaxassislarning fikriga ko`ra, bu tur Apennin orollarida tarqala boshlagan.

Virusologlar Uyushmasi rahbari Arnaldo Karuzoning qo`shimcha qilishicha, koronavirusga qarshi vaksina ushbu shtammga qarshi foyda berishi mumkin. Shifokorlar uning samarasiga ishonishmoqda.

Eslatib o`tamiz, Buyuk Britaniyada COVID-19 ning yangi mutasiyalangan varianti 14 dekabrda aniqlangan. 

    Boshqa yangiliklar