Qonunchilik palatasi tomonidan 24 noyabrda qabul qilingan va O`zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolangan "O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartishlar kiritish to`g`risida"gi qonun matni Senat saytida e`lon qilindi.
Unga ko`ra:
1-modda. 1992 yil 8 dekabrda o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o`n birinchi sessiyasida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga (O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 1, 4-modda; 1994 yil, № 1, 5-modda; O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 3–4, 27-modda; O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 162-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014 yil, № 4, 85-modda; 2017 yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda, № 8, 383-modda; 2018 yil, № 10, 674-modda; 2019 yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 9, 588-modda) quyidagi o`zgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda ikkinchi qismining ruscha matnidagi
«zakonodatelstvom, prinyatm» degan so`zlar «zakonami, prinyatmi» degan so`zlar bilan almashtirilsin;
2) 33-moddaning ruscha matnidagi «zakonodatelstvom» degan so`z «zakonami» degan so`z bilan almashtirilsin;
3) 85-modda to`rtinchi qismi 8-bandining ruscha matnidagi «zakonodatelstvom» degan so`z «zakonodatelnmi aktami» degan so`zlar bilan almashtirilsin;
4) 86-modda beshinchi qismi 8-bandining ruscha matnidagi «zakonodatelstvom» degan so`z «zakonodatelnmi aktami» degan so`zlar bilan almashtirilsin;
5) 93-modda birinchi qismi 16-bandining o`zbekcha matnidagi «qonun hujjatlari» degan so`zlar «qonunchilik» degan so`z bilan almashtirilsin;
6) 98-modda uchinchi qismining o`zbekcha matnidagi «qonun hujjatlariga» degan so`zlar «qonunchilikka» degan so`z bilan almashtirilsin;
7) 100-modda sakkizinchi xatboshisining o`zbekcha matnidagi «qonunlariga» degan so`z «qonunchiligiga» degan so`z bilan almashtirilsin;
8) 107-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O`zbekiston Respublikasida sud tizimi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi ma`muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma`muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo`yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma`muriy sudlardan iboratdir»;
9) 117-modda sakkizinchi qismining o`zbekcha matnidagi «qonunlarga» degan so`z «qonun hujjatlariga» degan so`zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo`lgan o`z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko`rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta`minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o`rtasida tushuntirilishini ta`minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






