AsosiyJamiyat

Respublikada 22 ta bog`cha, 31 ta maktab, 16 ta oliy ta`lim muassasalari quriladi

'Respublikada 22 ta bog`cha, 31 ta maktab, 16 ta oliy ta`lim muassasalari quriladi'ning rasmi

“2021–2023 yillarda O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori  qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda. 

Qaror bilan 2021 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari va 2022-2023 yillar uchun maqsadli mo`ljallar tasdiqlandi.  

 Shunga ko`ra, belgilangan yillarda respublikada, jumladan:  

➖ 22 ta bog`cha (jami 2 970 o`ringa ega), 31 ta umumta`lim va ixtisoslashtirilgan maktablar (jami 13 934 o`quv o`rniga ega), 16 ta OTM (jami 9 300 o`quv o`rniga ega) yangi quriladi;  

➖ jismoniy tarbiya va sport ob`ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash bo`yicha jami 55 ta loyiha (shundan 23 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

➖ 11 ta madaniyat va san`at ob`ektlari yangidan qurilib, 7 tasi rekonstruksiya qilinadi;

➖ sog`liqni saqlash ob`ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash bo`yicha jami 131 ta loyiha (shundan 24 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

️ Shuningdek, ilm-fan va innovasion ob`ektlarni rivojlantirish bo`yicha 14 ta loyiha amalga oshiriladi.

 Xususan, 2021-2022 yillarda Toshkent shahrida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini qurish nazarda tutilgan.

 Bundan tashqari, temir yo`l va metropoliten yo`lini rivojlantirish choralari ham ko`riladi.

    Boshqa yangiliklar