AsosiyJamiyat

Andijonda joniga qasd qilgan nabirasini qutqarish uchun o`zini kanalga tashlagan otaxonning jasadi topildi

'Andijonda joniga qasd qilgan nabirasini qutqarish uchun o`zini kanalga tashlagan otaxonning jasadi topildi'ning rasmi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida suvga cho`kib ketgan 18 yoshli nabirasini qutqarish uchun o`zini kanalga tashlab, halok bo`lgan 65 yoshli otaxon haqida xabar berilgan edi. 

«Daryo» muxbirining xabar berishicha, oradan 9 kun o`tib otaxonning jasadi topildi.  

Foto: Andijon viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Ma`lum bo`lishicha, 2020 yil 16 dekabr kuni soat 15:00 da Baliqchi tumanida yashovchi 18 yoshli qiz o`z joniga qasd qilish uchun o`zini uyining yonidan o`tgan Qoradaryo kanaliga tashlagan. Buni ko`rgan 65 yoshli bobosi esa nabirasini qutqarish uchun o`zini suvga otgan. Lekin oqim kuchliligi va suvning sovuqligi vaziyatni og`irlashtirgan va ikkisi ham suvga cho`kib ketgan.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma`lumot berishicha, 65 yoshli otaxon va uning 18 yoshli nabirasini qutqarish uchun 26 kishidan iborat guruh tashkil etilib, jasadlarni suvdan chiqarib olish choralari ko`rilgan.

Foto: Andijon viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Qutqaruv ishlari 9 kun davom etgan bo`lib, bobo va nabirasi cho`kish holati sodir bo`lgan joydan, taxminan, 10 kilometr uzoqlikdan topilgan.

Hozirda qizning nima sababdan o`zini suvga tashlagani o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar