Rossiyaning Veterinariya nazorati va fitosanitariya nazorati bo`yicha federal xizmati 2021 yil 1 yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasining kafolati bilan O`zbekistondagi 34 ta korxonadan pomidor sotib olishni boshlaydi.
"Rosselxoznadzor"ning ma`lum qilishicha, ushbu qaror O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan ToBRFV virusidan holi bo`lgan bo`lgan korxonalar to`g`risida berilgan ma`lumotlarga asosan qabul qilingan.
Avvalroq, 18-dekabrdan boshlab, Farg`ona viloyatida joylashgan uchta korxonadan Rossiya hududiga pomidorlarni olib kirishga ruxsat berilgan edi.






