AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidenti Qozog`iston Elboshisini yangi yil bilan tabrikladi

'O`zbekiston Prezidenti Qozog`iston Elboshisini yangi yil bilan tabrikladi'ning rasmi

30 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev telefon orqali muloqot qilishdi.

O`zbekiston Prezidenti va Elboshi kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashib, bir-birlariga hamda O`zbekiston va Qozog`istonning do`st xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.

Global xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan, jahon iqtisodiyotida murakkab vaziyat yuzaga kelgan bir sharoitda mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari barqaror rivojlanishda davom etgani, sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyigani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Pandemiyaga qarshi kurashishda o`zaro yordam ko`rsatildi. Faol ikki tomonlama muloqotlar, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo`shma kooperasiya loyihalari davom etdi, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaydi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham ko`rib chiqildi. Kelgusi yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o`tkazish muhim ekani ta`kidlandi.

O`zbekiston Prezidenti va Elboshining telefon orqali muloqoti har doimgidek ishonchli va do`stona ruhda o`tdi.

    Boshqa yangiliklar