SSV axborot xizmati xabar berishicha, Respublika maxsus komissiyasi yurtimizda koronavirus bilan bog`liq epidemiologik vaziyatning biroz barqarorlashganligini inobatga olib, Yangi yil bayrami munosabati bilan 2020 yil 31 dekabr va 2021 yil 1 yanvar kunlari to`yxona, mehmonxona, restoran hamda kafelarda 30 kishidan ko`p bo`lgan ko`ngilochar tadbirlarni koronavirusga PZR test yoki ekspress-test tekshiruvi asosida tashkil etilishiga istisno tariqasida ruxsat berdi.
30 kishidan ko`p bo`lgan ko`ngilochar tadbirlarni tashkil etuvchi to`yxona, mehmonxona, restoran va kafelarda:
- shartnoma asosida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini jalb etgan holda epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazorat o`rnatilishi;
- koronavirusga PZR test natijasi bo`lmagan tashrif buyuruvchilar uchun xususiy laboratoriya yoki sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan shartnoma asosida joyida koronavirusga ekspress-test tekshiruvini yo`lga qo`yilishi talab etiladi.
Respublika masus komissiyasining ushbu qarori xalqimizning bayram tadbirlarini yuqori kayfiyatda nishonlashiga sharoit yaratib berishni ko`zda tutadi.






