AsosiyJamiyat

Poytaxtdagi avtobuslar 31 dekabr kuni 1 soat ko`p xizmat ko`rsatadi

'Poytaxtdagi avtobuslar 31 dekabr kuni 1 soat ko`p xizmat ko`rsatadi'ning rasmi

"Toshshahartransxizmat"ning buyrug`iga asosan, "Yangi yil" bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2020 yil 31 dekabr, 2021 yil 1, 2, 3 yanvar kunlari jamoat transportini tashkil etish belgilandi.   Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar berdi. 

Buyruqga ko`ra,  

  • 2020 yil 31 dekabr - ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytirilmoqda;
  • 2021 yil 1 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo`yicha ishga chiqarilishi rejalashtirilgan;
  • 2021 yil 2 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo`yicha harakatlanish ko`zda tutilgan;
  • 2021 yil 3 yanvar - yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo`yicha harakatini davom ettirishi belgilab qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar