AsosiyJamiyat

Navoiyda liftda qamalib qolgan 5 nafar fuqaro qutqarildi

'Navoiyda liftda qamalib qolgan 5 nafar fuqaro qutqarildi'ning rasmi

30 dekabr kuni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari liftda qamalib qolgan 5 nafar fuqaroni qutqardi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar beradi.

Shu kuni, soat 18:59 da viloyat FVB Navbatchi dispetcherlik xizmati “1050” qisqa raqamiga Navoiy shahar M.Tarobiy ko`chasi 110a-uyda yashovchi bir guruh fuqarolar liftda qamolib qolganligi haqida habar kelib tushdi.

Olingan habar asoida smena boshlig`i podpolkovnik Sh.Haybullaev boshchiligida qutqaruvchilar L.Xodjaev, K.Nurillaev va F.Ro`zimurodovlar voqea joyiga etib borishdi.

Ularning tezkor harakatlari natijasida, mahsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida soat 19:15da fuqarolar qutqarilib, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan baxtsiz hodisaning oldi olindi.

Shuni ta`kidlash joizki, qutqarib olinganlarning 4 nafari yosh bolalar.

Navoiydan Shiringul Asoeva tayyorladi

    Boshqa yangiliklar