AsosiyJamiyat

Rustam Xolmatov xizmat vazifasini ado etish chog`ida halok bo`lgan YHXB xodimining oila a`zolari bilan uchrashdi(video)

'Rustam Xolmatov xizmat vazifasini ado etish chog`ida halok bo`lgan YHXB xodimining oila a`zolari bilan uchrashdi(video)'ning rasmi

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov va IIBB boshlig`i o`rinbosari - Kadrlar boshqarmasi boshlig`i polkovnik Dilmurod Xudjakulovlar O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida fidoiy xizmat olib borgan (marhum) Shavkat Nafasovning oila a`zolari va yaqinlari bilan uchrashdilar.

Tashrif davomida Shavkat Nafasovning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga qo`shgan ulkan hissasi e`tirof etildi. Darhaqiqat qahramonlarni yodda saqlash va hurmat qilish - bizning burchimizdir!

Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Shavkat Nafasovga vafot etganidan so`ng berilgan «Jasorat» medali uning oila a`zolariga topshirilgani haqida xabar bergan еdik.

    Boshqa yangiliklar