Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur kunlarda yo`llarda harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida:
- Toshkent shahridan qo`shimcha YPX xodimlari jalb etildi;
- dam olish maskanlariga kirish va chiqishda qat`iy nazorat tashkil etilib, tegishli yo`l belgilari o`rnatildi;
- 40 dan ortiq maxsus avtomobillar yordamida yo`llar qor va muzlamalardan tozalandi.
Tezkorlik bilan ko`rilgan choralar o`z samarasini berib, tirbandliklar bartaraf etildi va yo`l harakati qatnashchilarining xavfsizligi ta`minlandi.
Eslatib o`tamiz, 1, 2, 3 yanvar kunlari dam olish kunlari bo`lgani sababli respublikamizning barcha hududlaridan Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanidagi tog`li hududlarda joylashgan dam olish maskanlariga fuqarolar kelishi ko`paygan. 2 yanvar kuni soat 10:00ga qadar Bo`stonliqdagi dam olish maskanlari avtoturargohlari avtomobillar bilan to`lgan. Shu sabab, shu kunlarda Bo`stonliqdagi yo`llarda vaqti-vaqti bilan avtomashinalar qatnovi cheklangani xabar qilingan edi.
Mavzuga doir:
5 yanvar kuniga qadar Bo`stonliqdagi ayrim avtomobil yo`llarida harakatlanish o`zgardi.






