Sal avval Samarqand viloyatida viloyat IIB YHXB tomonidan auksionga qo`yilgan 30 Z 777 ZZ davlat raqam belgisi 625 million so`mga sotilgani haqida xabar bergan edik. Shundan so`ng Ahad Qayum bu qimmatbaho nomerni sotib olganini ma`lum qilgan video tarqaldi. Ayni paytda ushbu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida "darakchi.uz" Samarqand viloyati IIB bilan bog`landi. Viloyat IIB Axborot xizmati boshlig`i Jaxongir Sagdullaevning ma`lum qilishicha, auksionda 625 million so`mga sotilgan 30 Z 777 ZZ avtoraqami egasi shoir Ahad Qayum emas.
"U samarqandlik yigit", deya qo`shimcha qildi rasmiy.






