AsosiyJamiyat

Toshkent-O`sh yo`lida pastlikka qulagan "Lasetti" haydovchisi shifoxonada vafot etdi

'Toshkent-O`sh yo`lida pastlikka qulagan "Lasetti" haydovchisi shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

 

Joriy yil 1 yanvar kuni soat 15:45 larda, Toshkent-O`sh yo`lining 258 km.da Pop tumani Qo`shminor MFY hududida Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida yashgan 1995 yilda tug`ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning o`ng chetiga chiqib ketib, to`siqqa borib urilgan va boshqaruvni yo`qotib, pastlikka tushib ketgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Natijada, avtomashina haydovchisi qo`shma shikast, bosh miya og`ir ochiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq, ko`rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay, 2 yanvar kuni shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Eslatib o`tamiz, 31 dekabrdan 1 yanvarga o`tar kechasi Qamchiq dovonida Suv xo`jaligi vaziri o`rinbosarining oila a`zolari bo`lgan mashina pastlikka qulagan edi. Natijada vazir o`rinbosarining rafiqasi va uch yashar qizi vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar