1

Namanganda ikki o`smir Yangi yilga o`zlari uchun jinoyat ishini sovg`a qilishdi

Jinoyat 06.01.2021, 15:31
Namanganda ikki o`smir Yangi yilga o`zlari uchun jinoyat ishini sovg`a qilishdi

2020 yilning 30 dekabr kuni soat 15:00 larda 17 yoshli Ibroximjon T. o`zining jinoiy sherigi 16 yoshli Abdulaziz G`. bilan Namangan shahrida joylashgan “Zaxiriddin Muhammad Bobur” madaniyat va istiroxat bog`ida o`zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishdi. Ular 17 yoshli Ismoiljon A.,dan telefon apparatini berishni talab qilib, bermagach urib, “SAMSUNG-A21” rusumli qo`l telefonni hamda 50.000 so`m miqdoridagi naqd pulini olishib hodisa joyidan yashirinishgan.

Bu haqda xabar bergan IIV huzuridagi Tergov departamentining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB xuzuridagi Tergov bo`limi tomonidan voyaga etmagan Ibroximjon T. va Abdulaziz G`.larga nisbatan  O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-modda 2-qismi “v” bandi (talonchilik)  bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov jarayonida, voyaga etmagan Ibroximjon T., dan jabrlanuvchi Ismoiljon A., ga tegishli uyali telefon apparati rasmiylashtirib olinib, jinoyat ishida ashyoviy dalil deb e`tirof etilgan.

Jinoyat ishida Ibroximjon T. va  Abdulaziz G`., lar gumon qilinuvchi tariqasida  ishga jalb qilinganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1