5 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Qashqadaryo Gailari Tik-Tokda ham birinchilikni da`vo qilishayotganga o`xshaydi" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan sahifamizda Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligi haqidagi munosabat joylangan edi.
O`tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida"gi Nizomi hamda IIVning me`yoriy buyrug`i talablarini buzganligi uchun Qashqadaryo viloyati, G`uzor tumani IIB YHXB DYHXX katta inspektori F.Normurodovga "Hayfsan" intizomiy jazosi qo`llanildi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu voqeani sodir etgan Qashqadaryo YPX xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangani haqida xabar bergan edik.






