Namangan viloyati kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va undagi loyihalarni amalga oshirish ko`rsatkichlari bo`yicha respublikamizdagi etakchi viloyatlardan hisoblanadi. Xo`sh, viloyatning tumanlari o`rtasida bu raqobat darajasi qanday? Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish boshqarmasi tomonidan “Darakchi”ga taqdim etilgan ma`lumotlar asosida biz aynan shu yo`nalishda raqobatni 5 ta kategoriya bo`yicha tahlil qildik. Tahlil natijalariga ko`ra, kichik sanoat zonalari tashkil qilishdagi “eng, eng, eng” deb topilgan tumanlarning beshlik ro`yxatini tuzdik. Keling, reyting shaffof bo`lishi uchun siz bilan ham qaytadan tahlil qilib chiqamiz.
Eslatib o`tamiz, ushbu ma`lumotlar faqatgina KSZlarida ishga tushirilgan loyihalar va kategoriyalar bo`yicha eng yuqori ko`rsatkichlar qayd etayotgan tumanlar beshtaligi bo`yicha hisoblanmoqda.
Eng katta er maydoni ajratilgan kichik sanoat zonalari (Jami 413 gektar):
- Namangan shahri – 146 gektar;
- Kosonsoy tumani – 137,8 gektar;
- Chust tumani – 42,4 gektar;
- Uychi tumani - 40,5 gektar;
- Yangiqo`rg`on tumani – 16,7 gektar.
Eng ko`p mablag` ajratilgan KSZ (jami 761,9 mlrd. so`m):
- Namangan shahri – 729,9 mlrd. so`m;
- Namangan tumani – 27 mlrd. so`m;
- Yangiqo`rg`on tumani – 2,2 mlrd. so`m;
- Chust tumani – 1,7 mlrd. so`m;
- Norin tumani – 1,2 mlrd. so`m.
Biroz avval “Namanganda qaysi hokimning “puli ko`p”? 4 ta tuman misolida tahlil qilgan edik.
Eng ko`p tashkil qilingan KSZ (jami 30 ta):
- Namangan shahri – 7 ta;
- Uychi va Chust tumanlari – 5 ta;
- To`raqo`rg`on tumani – 3 ta;
- Yangiqo`rg`on, Pop va Kosonsoy tumanlari – 2 ta;
- Norin tumani – 1 ta.
KSZlarda eng ko`p tashkil qilingan loyihalar (jami 115 ta):
- Namangan shahri – 81 ta;
- Namangan tumani – 25 ta;
- Norin tumani – 4 ta;
- Yangiqo`rg`on tumani – 3 ta;
- Chust tumani – 2 ta.
Eng ko`p ish o`rni yaratilgan KSZlar (jami 6791 ta):
- Namangan shahri – 6167 ta;
- Namangan tumani – 536 ta;
- Norin tumani – 56 ta;
- Yangiqo`rg`on tumani – 20 ta;
- Chust tumani – 12 ta.
Avvalroq 2020 yilda vodiy hokimlarining qanday ishlaganini taqqoslagan edik.
Demak, endi shahar va tumanlarning reyting natijalarini e`lon qilamiz!
1-o`rin. Namangan shahri. Eng katta KSZlari maydoni, eng ko`p mablag` ajratilgan va eng ko`p KSZ, loyihalar va ish o`rinlari tashkil qilingan.
2-o`rin. Namangan tumani. KSZlariga ajratilgan maydoni jihatidan 12 tumanda 9 o`rinda turishi (4,5 gektar) va yagona bo`lishiga qaramasdan, ajratilgan mablag`lar, ishga tushirilgan loyihalari va yaratilgan ish o`rinlari bo`yicha ushbu maqomga munosib deb topildi.
3-o`rin. Norin tumani. Ajratilgan er maydonining kattaligi bo`yicha viloyatda 10-o`rinda, yagona KSZ va 5-o`rinda mablag` sarflanganligiga qaramasdan, loyihalarning amalga oshirilishi va ish o`rinlari bo`yicha 3-o`rinni egallab to`ribdi.
4-o`rin. Yangiqo`rg`on tumani. KSZ maydoni jihatidan 5-o`rinda, ajratilgan mablag`lar miqdori bo`yicha 3-o`rinda bo`liga qaramasdan, KSZlar va ulardagi loyihalar, ish o`rinlari bo`yicha mazkur o`rinni egalladi.
5-o`rin. Chust tumani. KSZlar maydoni jihatidan 3-o`rinda, soni bo`yicha 2-o`rinda. Lekin ishga tushgan loyihalari va yaratilgan ish o`rinlari soni bo`yicha 5-o`rinni saqlab qoldi.
Biroq bu hali hammasi emas.
Namangan viloyati hokimining 1-o`rinbosari Tolibjon Yusupovning ma`lum qilishicha, o`zlashtirilgan kichik sanoat zonalarida 2021 yilda umumiy qiymati 2,9 trln. so`mlik 587 ta loyihalarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan va buning evaziga 24,3mingta yangi ish o`rinlari yaratiladi.Biroq, hozirga qadar 283,9 gektar er maydonga ega 37 ta kichik sanoat zonalariga Ma`muriy Kengash tomonidan maqom berilgan bo`lsada, ma`sul bo`lgan sektorlar tomonidan loyiha tashabbuskorlari aniqlanmagan.
Sardorbek Rahmonqulov