AsosiyJamiyat

Dronlar yordamida qoidabuzarliklarni aniqlash boshlandi

'Dronlar yordamida qoidabuzarliklarni aniqlash boshlandi'ning rasmi

Xabaringiz bor, o`tgan yil so`nggida yangi yildan boshlab Farg`ona viloyatida yo`l harakati bo`yicha qoidabuzarliklarni dronlar yordamida aniqlash joriy etilishi aytilgan edi. 

Ayni paytda "darakchi.uz"ga Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar qilishicha, hududda yo`l  harakati qoidabuzarliklarini aniqlash  va jamoat  tartibini saqlash maqsadida “Dron” qurilamalari yordamida aniqlangan qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Shuningdek, ma`lum qilinishicha, ushbu qurilmalar yordamida kunu tun patrullik tashkil etilib, belgilangan tezlikka, yo`l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o`tish joylarida piyodalarga yo`l bermagan haydovchilar, shuningdek, jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanmagan hamda jamoat tartibini buzgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik fiksasiya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar