Avval xabar berganimizdek, bugun 8 yanvar kuni soat 10:27da va 10:31da Talimarjon IESning 2- va 3- bug`-gaz qurilmalarida (jami 900 MVt quvvat) energoblok texnologik himoyasining ishlashi natijasida ushbu BGQlari faoliyati to`xtatilgan.
Buning natijasida, respublikaning ayrim hududlari bo`ylab elektr energiyasi ta`minotida umumiy 446 MVt quvvatda cheklov kiritilmoqda.
Energetika vaziri Alisher Sultоnov boshchiligidagi mutaxassislar zudlik bilan mazkur stansiyaga uchib ketdi, deya xabar qilmoqda Vazirlik Matbuot xizmati.
Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan to`xtatilish sabablari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, ayni paytda Qashqadaryo viloyatining 7 ta tuman va 1 ta shahri elektr ta`mintidan butunlay uzilgan.






