Avval xabar berganimizdek, 2020 yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari o`rtasida an`anaviy «YIL TANLOVI-2020» o`tkazildi.
Mazkur tanlov O`zbekiston axborot agentligi tomonidan o`tkazilgan bo`lib, ijtimoiy so`rov hamda jurnalist va blogerlarning e`tirofi asosida «Eng namunali hudud», «Eng namunali vazirlik», «Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti», «Eng namunali tuman», «Yilning eng faol matbuot kotibi» kabi yo`nalishlar bo`yicha saralandi. Shuningdek, qo`shimcha rag`batlantiruvchi nominasiyalar ham g`oliblari ham e`lon qilindi.
Tanlovning «2020 YILNING ENG NAMUNALI VAZIRLIGI» yo`nalishi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi g`olib bo`ldi.
II o`rinni esa O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bo`lishib oldi.
III o`rinni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi egalladi.