1

Jizzaxda qulagan bino bo`yicha prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi

Jinoyat 10.01.2021, 19:56
Jizzaxda qulagan bino bo`yicha prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi yangi qurilayotgan ko`p qavatli binolardan biri qulab tushgani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi taqdim etgan dastlabki voqea tafsilotlariga ko`ra, jabrlanganlar va halok bo`lganlar  aniqlanmadi. 

Qo`shni bino hududiga o`rnatilgan videokuzatuv kamerasidagi yozuvlarda ham binoning bir qismi qulab tushganda, bino yaqinida yoki ichida hech kim bo`lmaganligi aniqlangan

 Bosh prokuratura bergan ma`lumotga ko`ra, voqea joyiga zudlik bilan viloyat prokurori, Ichki ishlab boshqarmasi boshlig`i, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari hamda tezkor-tergov guruhi a`zolari etib borishgan.  

Ayni paytda binoning qulash sabablarini aniqlash borasida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1