Toshkent shahar Yunusobod tumanida 10 yanvar kuni "Nexia" haydovchisi temir yo`lni qizil chiroqda kesib o`tmoqchi bo`lib, "Lacetti"ni urib yiqitdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 10 yanvar kuni soat 17:30 da Yunusobod tumanidagi Lokomotiv bog`i yonida "Nexia" rusumli avtomobil haydovchisi 30 yoshli E.K. kutilmagan manyovr sababli 32 yoshli O`.T. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobilga to`qnashgan.
Qayd etilishicha, yo`l transport hodisasidan oldin ikkala haydovchi ham temir yo`l svetoforining taqiqlovchi belgisini va tushirilayotgan shlagbaumni ko`rib mensimagan.
Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra ikkala haydovchi ham hushyor bo`lgan. Voqea sababli hech kim jabr ko`rmagan. Mazkur fakt asosida YHXB xodimlari tomonidan ikkala haydovchilarga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.






