Namanganda gaz zapravkada navbatda turgan "Damas" yonib ketgani haqida xabar bergan edik.
IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati tomonidan yong`inga "Damas" rusumli avtomobilning dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuv sabab bo`lganini aytildi.
Mazkur hodisa yuzasidan batafsil ma`lumot olish maqsadida darakchi.uz muxbiri gaz quyish shaxobchasida bo`ldi. AGQShda besh yildan beri ishlab kelayotgan Baxtiyor aka Muhsiddinov o`sha kuni bo`lib o`tgan hodisani quydagicha izohlaydi.
- Biz shoshib qolganimizdan FVB telefon qilishga ulgurmadik. Tezkor ravishda yong`inni o`chirishimiz lozim edi. O`zimizdagi mavjud yong`in o`chirish asboblari bilan yonayotgan "Damas"ni o`chirib oldik va so`ng xabar berdik.
-"Yaxshiyamki, yong`in kuchli alanga olmadi. Barcha birdek yordam berdi shu payt. Omon qolganimga va atrofdagilar ham talofat ko`rmaganiga shukr qilaman. Mashinamni ichki saloni zarar ko`rdi", deydi bobosiga tegishli mashinani Ishonchnoma orqali boshqarib kelayotgan haydovchi yigit.
Shu kuni haydovchilar gaz quyish shaxobchasiga erta tongdan, "zapravka" ochilmasidan ancha oldin, ya`ni tungi soat 02 lar dan kelishni boshlashgan. Haydovchi ham o`z so`zida bu erga hodisa sodir bo`lmasidan to`rt soat oldin kelganligini ta`kidladi.
Eslatib o`tamiz voqea "Ko`midon" qishlog`i hududida joylashgan "Afsona" 4-avtomobillarga gaz quyish shaxobchasida sodir bo`lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






