AsosiyJamiyat

"Hokimning qarori bilan besh yil oldin gaz quvuri kesib tashlangan". Jizzaxda gaz va "svet" yo`qligidan katta yo`lni to`sib qo`ygan ayollar bo`yicha munosabat bildirildi

'"Hokimning qarori bilan besh yil oldin gaz quvuri kesib tashlangan". Jizzaxda gaz va "svet" yo`qligidan katta yo`lni to`sib qo`ygan ayollar bo`yicha munosabat bildirildi'ning rasmi

Avvalroq, Jizzax viloyati Paxtakor tumanida gaz va elektr energiya yo`qligidan norozi bo`lgan aholi avtomobil yo`lini to`sib qo`ygani haqida xabar bergan edik. 

Ushbu masalaga oydinlik kirtish maqsadida Zamon.uz muxbiri Jizzax viloyati “Hududiy gaz ta`minot” matbuot kotibi Zokir Matchanov bilan bog`landi.

Berilgan ma`lumotga ko`ra, Paxtakor tumani aslida gaz etib kelish qiyin bo`lgan hududlardan biri ekanligi sabab, avval Sharof Rashidov mahallasi gaz quvuriga ulangan. Lekin R.Rashidov mahallasiga gaz etib kelmagani uchun hokimning qarori bilan besh yil oldin gaz quvuri kesib tashlangan. Shu kunga qadar ular suyuq gaz va ko`mir bilan doimiy ta`minlanishi bo`yicha hech qanday muammo bo`lmagan. Lekin aholining aytishicha, bu gaz faqat ovqat tayyorlashgagina etar ekan.

Viloyat hokimligining birinchi o`rinbosari va mutasaddi rahbarlar voqea joyiga chiqib, aholini tinchlantirish maqsadida tushuntirish ishlari olib borilgan. Bir hafta muddatda aholiga tabiiy gaz etkazib berish va`dasi berilgan.

    Boshqa yangiliklar