AsosiyJamiyat

Yangiyo`l shahrida ham nosozlik yuzaga keldi: ichimlik suvi to`xtatildi

'Yangiyo`l shahrida ham nosozlik yuzaga keldi: ichimlik suvi to`xtatildi'ning rasmi

Yangiyo`lda 2021 yil 12 yanvar,seshanba kuni shahar hududidan o`tuvchi ichimlik suvi quvurida nosozliklar yuzaga keldi. Bu haqda «Toshkent suv ta`minoti» MChJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, Yangiyo`l shahar hududidan o`tuvchi ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida 2021-yil 12 yanvar kuni soat 06:00 dan 20:00 ga qadar «Gulbahor» hamda «Niyozbosh» suv inshootlarida nasos agregati to`xtatiladi.

Natijada Yangiyo`l shahar Farovon, Fayzli, Oltinobod, Turkiston, Mustaqillik, Mevazor, Ramadon, Sabo, Navro`z, Ishchilar shaharchasi, Olmos, Mezon, Yangibog`, Baxt MFYlari hududlarida ichimlik suvi bosimi pastligi va uzilishlar, Yangiyo`l tuman Farovon, Guliston, Namuna, Binokor, Gulbog`, Madaniyat, Paxta, Niyozbosh, O`zbekiston, Qirsadoq MFYlari hududlarida ichimlik suvi taminotida uzilishlar yuzaga keladi.

«Ushbu nosozliklar Yangiyo`l shahar bo`limi mas`ul xodimlari tomonidan bartaraf etilganidan so`ng ichimlik suvi ta`minoti bir me`yorda uzatiladi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Andijon va Namanganda suv bilan bog‘liq katta nosozlik yuzaga kelgan edi va shundan so‘ng viloyatlar hokimlari boshchiligida nosozlik bartarf etilgani xabar qilingan.

    Boshqa yangiliklar