Turkiyada qamoqqa olingan taniqli jurnalist Abdukarim Mirzaev ozodlikka chiqarildi. Bu haqda uning rasmiy kanalida shogirdlari tomonidan ma`lum qilindi.
"Assalomu alaykum do`stlar. Ustozimiz Abdukarim Mirzaev Ozodlikka chiqdi", deyiladi qoldirilgan xabarda.
Shuningdek, “registonTV” diniy-maʼrifiy kanalda ham uning hamkasblari tomonidan to‘liqroq maʼlumot berildi.
"Hozirgina hamkasbimiz Abdukarim Mirzayev Istanbul Immigratsiya idorasining Chet elliklarni deportasiya qilish markazidan qo‘yib yuborildi. Hozirda Abdukarim Mirzayev o‘z uyida, oilasi bag‘rida, tez orada jonli efirga chiqib, bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan munosabatini bildirib, muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob beradi", deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Turkiyada qamoqqa olingan taniqli jurnalist Abdukarim Mirzaevga nisbatan ilgari surilgan barcha shubha-gumonlar o`z tasdig`ini topmadi, shuningdek, uning deportasiya qilinmasligi aytilgan edi.
Mavzuga doir:
Abdukarim Mirzaevning qamoqqa olinishida O`zbekistonning “qo`li bormi”?






