Elektr energiyasidagi uzilishlarga har doim ham «Qashqadaryo Hududiy elektr tarmoqlari» AJ aybdor bo`lmaydi. Bu haqda Qashqadaryo HETK rahbari A.Muzapov fikrlariga asosan “Qashqadaryo HETK” matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Biz Milliy elektr tarmoqlari korxonasi etkazgan energiyani aholiga etkazib beramiz. Kichik nimstansiyalar bizga qaraydi, xolos. G`uzordagi, Qarshidagi yirik podstansiyalar Milliy elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli.
Cheklovlar hokimlik bilan kelishgan holda o`rnatiladi. 4 soatdan oshmaydi. 4 yanvardagi uzilish majburiy o`chish, cheklov emas», - deydi Qashqadaryo HETK rahbari A.Muzapov.
Mavzuga doir:
Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari kosonliklardan uzr so‘radi






