AsosiyJamiyat

Toshkentdagi avtobuslardan biriga bepul Wi-Fi o`rnatildi

Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Potrebitel.uz” guruhi a`zolaridan biri o`z xursandchiligini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bilan bo`lishdi.

Uning ma`lum qilishicha, Toshkent shahri Shimoliy vokzal-TTZ yo`nalishida qatnovchi 14-yo`nalish avtobusiga Wi-Fi o`rnatilgan.

“Bugun avtobusdagi bepul va yuqori tezlikdagi Wi-Fi internetdan foydalandim. Kelajak sari tashlangan katta qadam!», — deb yozadi foydalanuvchi.

Foydalanuvchi avtobus ichidagi Wi-Fi haqidagi e`lon suratini ham ilova qilgan. E`londa: “Bu avtobusda Wi-Fi bor”, deb yozilgan va ulanish mumkin bo`lgan tarmoq nomi («WI-FI-BUS») ko`rsatilgan.

 

    Boshqa yangiliklar