AsosiyJinoyat

"Slick" tizimi orqali pul o`g`irlagan "shovvoz" qo`lga olindi

'"Slick" tizimi orqali pul o`g`irlagan "shovvoz" qo`lga olindi'ning rasmi

2020 yilning 12 oktyabr kuni M.Z. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning 6 oktyabr kuni noma`lum shaxs nomiga tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasidan uyali aloqa apparatiga o`rnatiladigan "Click" tizimi orqali, plastik karta hisobida bo`lgan pullardan 718.000 so`mini yashirin ravishda o`g`irlaganligini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni fuqaro A.Sh. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o`z mol-mulkingiz pul mablag`laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o`g`irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo`shgan bo`lasiz.  

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Boshqa yangiliklar