1

Kun hikmati

Mutolaa 04.02.2016, 10:49
Kun hikmati

Baxt bag`ishlovchi toza ruh manbayi ham til, yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham til. Tilini tiyolgan odam – donishmand, oqil, so`zga erk bergan odam - beandisha va pastkash. Til shirin va yoqimli bo`lsa yaxshi, til bilan dil bir bo`lsa yana yaxshi. Til bilan dil - insondagi eng yaxshi a`zolardir. Bo`stonda - gulsafsar, gulg`uncha va rayhonlar eng yoqimli gullardir.

Odam - tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til - shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma`qul bo`lib chiqsa - tilning ofatidir.

                                                                   ****

O`N SAKKIZ YoSh HAYRATLARI

O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.

Desa bo`lg`aykim, yana ham o`n sakkiz yil husni bor,
O`n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.

O`n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o`lsa, uldurur,
Husn shohi, ul balolarkim, ko`zu qoshinadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
Barchasi ezid taolo sun`iy naqqoshinadur.

Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko`nglidin,
Aqlg`a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.

May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to`kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

Alisher Navoiy

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1