TikTok ijtimoiy tarmog`ida e`lon qilingan videolardan birida ikkita lavha montaj qilingan bo`lib, ularning birida piyoda yo`lda sakrab, ikkinchisida harakatlanayotgan “Spark” (davlat raqami 01 530 XGA) avtomobilida paydo bo`lib qoladi. Yo`l harakatining ikkala ishtirokchisi ham qoidalarni buzib, yoshlarda bu kabi hatti-harakatlar joiz degan yanglish fikr paydo bo`lishiga sabab bo`lmoqda.
Mazkur videodagi holat yuzasidan Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan 2021 yili 18 yanvar kuni yuqoridagi avtomobil haydovchisi – 25 yoshli Oybek O.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 128-modda prim.5 bo`yicha (“Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo`lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo`ljallangan tomoniga yoki bo`lagiga chiqishi”) ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hozirgi vaqtda videoda ishtirok etgan piyodaning shaxsi aniqlandi – unga nisbatan ham tegishli choralar ko`rilmoqda.
"Hurmatli TikTok ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilari! Unutmang, yangi kontent orqasidan quvib hayotingizni xavf ostiga qo`ymang. Mazkur internet-maydon foydalanuvchilari orasida voyaga etmaganlar ham bor, ular montaj qilinganini tushunmasdan noto`g`ri xulosa chiqarishlari mumkin", deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga doir: