1

Samarqandda bolakayni urgan bog`cha mudirasining yuragi хuruj qildi

Jamiyat 19.01.2021, 09:23
Teglar: Bulung`ur
Samarqandda bolakayni urgan bog`cha mudirasining yuragi хuruj qildi

Avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Bulung`ur tumanidagi 13-sonli maktabgacha ta`lim muassasasining mudirasi tarbiyalanuvchini urganligi va MTMda sodir bo`layotgan boshqa qonunbuzilish haqida xabar tarqaldi.

Kecha, 18 yanvar dushanba kuni Bulung`ur tuman hokimligi va viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan holat joyida o`rganildi. Bu haqda tumani hokimligi Axborot xizmati xabar qildi. 

O`rganish davomida tashkilot mudirasi Axrorova Rohatoy 2-tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchi M.Sh.ning ruhiyatiga bosim o`tkazib, qo`llari va yuziga urganligi aniqlandi. Ushbu video MTT psixologi N.Atabaeva tomonidan tasvirga olingan bo`lib, tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga tarqatgan. Voqea sodir bo`lgan kuni guruh tarbiyachisi Mahkamova Dilfuza soat 12:20 da ishga kelganligini hamda voqea sodir bo`lgan vaqtda ishda bo`lmaganligini  o`z tushuntirish xatida ma`lum qildi. Shuningdek, o`rganishlar davomida tashkilot direktori R.Axrorovaning yuragi xuruj qilganligi bois “Do`stlik” tez tibbiy yordam brigadasining kunduzgi guruh vrachi va hamshirasi chaqirildi.

R.Axrorova tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan shifoxonaga olib ketilganligi sababli ta`lim tashkiloti mudirasi vazifasini vaqtincha bajarish oliy ma`lumotli tarbiyachi Mardieva Dilraboga uning roziligi asosida yuklatildi.

Samarqand viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasi tomonidan R.Axrorovaga mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda “Mehnat shartnomasi”ni bekor qilish choralari ko`rilishi belgilab olindi.

Avval xabar qilinganidek, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Bulung`ur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Xususan, Sh.M.ning qo`llari va yuziga urilganligi holati yuzasidan sudga oid ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi xulosasi va ekspertiza javobi olinganidan so`ng, yakuniy huquqiy baho beriladi.

Mavzuga doir:

"Samarqandda bog`cha mudirasi tomonidan kaltaklangan bolakay" tafsilotlari ma`lum qilindi (video)

Sharhlar

Bulung`urda mast erkak amakisini ketmon bilan urib o`ldirib qo`ydi

09.09.2021, 10:57

Bulung`urda mast erkak amakisini ketmon bilan urib o`ldirib qo`ydi.Zamon.uz nashrining yozishicha, holat quyidagicha bo`lgan. 30 yoshli B.O. jiyanining tug`ilgan kunida spirtli ichimlik ichib, mast holda...
Samarqanddagi MTM mudirasi bolani nega urganiga izoh berdi (video)

18.01.2021, 15:35

Avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Bulung`ur tumanidagi 13-sonli maktabgacha ta`lim muassasasining mudirasi tarbiyalanuvchilarni urganligi va MTMda sodir bo`layotgan boshqa qonunbuzilish haqida xabar tarqalgan.Mazkur holat yuzasidan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1