AsosiyJamiyat

Avtomashinalar "tonirovka"sidan byudjetga qancha pul tushdi?

'Avtomashinalar "tonirovka"sidan byudjetga qancha pul tushdi?'ning rasmi

85 mingga yaqin avtomashinaning “tonirovka”si uchun 302 milliard so`mdan ortiq pul to`langan deya xabar bermoqda Uza muxbiri.

“O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 18 iyul 2018 yildagi 547-sonli qarori asosida bugungi kunda har bir avtomobilning orqa oynalari yoki old-orqa oynalarini to`lov asosida o`zgartirish qoraytirishga ruxsat berildi. Natijada davlat byudjetiga bir necha yuz milliard so`m qiymatida tushumlar kela boshladi.  

Shuningdek, yuqoridagi hukumat qaroriga 2019 yil 2 avgustdagi 646-son va 2020 yil 9 oktyabrdagi 635-son qarorlari bilan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilib, “tonirovka” narxlari ikki barobarga arzonlashtirildi.  

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmatining 2018 yil 29 avgustdagi qaroriga muvofiq avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va o`zgartirish bepul amalga oshiriladigan davlat organlari ro`yxati tasdiqlangan bo`lib,  ushbu qarorga muvofiq Ichki ishlar vazirining 2019 yil 10 fevraldagi buyrug`i bilan xizmat engil avtotransport oynalarining tusini o`zgartirishga (qoraytirishga) ruxsat beriladigan Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining ro`yxati tasdiqlandi.  

O`zbekiston Respublikasi IIV DYHXX organlari tomonidan avtotransport vositalaridan ularning oynasini tusini o`zgartirib (qoraytirib) foydalanish uchun:

- 2019 yil 5 avgustdan (646-sonli qaror kuchga kirgandan so`ng) 2019 yil 31 dekabr kuniga qadar 31.367 ta ruxsatnoma berilib, jami 113 mlrd. 980 mln. so`m pul mablag`lari;

- 2020 yil 1 yanvardan 31 dekabr kuniga qadar 50.758 ta ruxsatnoma berilib, jami 188 mlrd. 395 mln. so`m pul mablag`lari;

- 2020 yil 1 yanvardan 9 oktyabr kuniga qadar 28326 ta ruxsatnoma berilib, jami 135 mlrd. 638 mln. so`m pul mablag`lari;  

- 2020 yil 10 oktyabrdan (635-sonli qaror kuchga kirgandan so`ng) 31 dekabr kuniga qadar 22.432 ta ruxsatnoma berilib, jami 52 mlrd. 757 mln. so`m pul mablag`lari;

- 2019 yil 5 avgustdan 2020 yil 31 dekabr kuniga qadar 82.125 ta ruxsatnoma berilib, jami 302 mlrd. 635 mln. so`m pul mablag`lari Hukumat qaroriga asosan to`lov sifatida undirilgan.

Yuqridagi raqamlardan ko`rinib turibdiki, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi 635-son qarori kuchga kirgach, (engil shaxsiy avtomobillarni orqa yon oynalarini tusini o`zgartirish (qoraytirish) BHMning 10 baravaridan (2 mln. 230 ming) BHMning 5 baravariga (1 mln.115 ming) o`zgartirilgan) fuqarolarimiz tomonidan avtomobillarni orqa yon oynalari tusini o`zgartirish (qoraytirish)ga talab ortib ketgan, ya`ni ilgari bir kunda o`rtacha 120 ta ruxsatnoma berilgan bo`lsa, qaror kuchga kirgach, bir kunda o`rtacha 320 ta ruxsatnoma berila boshlangan” deyiladi Milliy axborot agentligi xabarida.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar