2021 yilning 15 yanvar kuni Farg`ona viloyatida uch zo`ravon yolg`iz kirakash haydovchini bo`g`ziga pichoq tirab, mashinasini olib qochdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, soat 00:30 da ikki nafar noma`lum erkak va bir nafar ayol kishi Qo`qon shahri Xalq so`zi ro`znomalari va Shoxruxobod ko`chalarining kesishmasida fuqaro Shoxruxbek A.,ning boshqaruvida bo`lgan MChJga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasini ikki nafar noma`lum erkak haydovchiga Farg`ona viloyati, Qo`qon shahar, Turkiston ko`chasida joylashgan Tug`ruq kompleksi yoniga olib borib qo`yishlarini aytib, o`zlarining uchinchi sherigini ushbu manzilga chaqirib, manzilga etib kelishganida avtomashinaning old o`rindig`ida o`tirgan noma`lum erkak haydovchini avtomashinadan olib tushib, ularni kutib olgan uchinchi sherigi bilan urib tepib tan jaroxati etkazishib, avtomashinani noma`lum tomonga olib qochib ketib, avtomashinada bo`lgan fuqaro Shoxruxbek A.,ning 150.000 so`m pullari va bahosi 2.000.000 so`m bo`lgan “Samsung” rusumli noutbukini bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritganlar.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, noma`lum shaxslar “Matiz” rusumli avtomashinani O`zbekiston tumani, Hayotobod ko`chasidagi qurilish mollar savdo do`koni ro`parasiga qoldirib ketganligi aniqlanib, tergov-tezkor guruhi tomonidan ko`zdan kechirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 3-qismi “v” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 18 yoshli Davlatbek A., 19 yoshli Jahongir M., va 20 yoshli Doniyorjon S.,lar sodir etganliklari aniqlanib, shu kunning o`zida prosessual tartibda ushlanganlar.
Ushbu shaxslarga nisbatan ayblov e`lon qilinib, ularga nisbatan“qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.