Jahongi Otajonov prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Qo‘shiqchi bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida gapirgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilning birinchi martidan O‘zbekistonda prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik boshlanishi haqida o‘qidim. Oldin ham ba’zi bir videolarimda hazil tariqasida gapirardim. Lekin hazil o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Ochiq aytaman meni ham prezident bo‘lish niyatim bor va albatta bo‘laman deb umid qilaman. Balki bu rejam bu yil amalga oshmas, lekin kelajakda baribir prezident bo‘lishni niyat qilganman”,– deydi Otajonov.
Eslatib o`tamiz, Jahongir Otajonov avvalroq san`atni tark etganini ma`lum qilgan edi.






