Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sherobod tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
B.M. fermer xo`jaligi rahbari M.I., xo`jalikka tegishli bo`lgan paxta va g`alla er maydonining 60 sotixini tuman er resurslari va davlat kadastr xizmati bo`limida ishlovchi tanishlari orqali fuqaro S.R.ga uy-joy uchun hujjat qilib berish evaziga 30 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining
168-moddasi 2-qismi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatatlari o`tkazilmoqda.






